AsosiyDunyo

Nyu-York hukumati qamoqxonada issiqdan vafot etgan mahbusning onasiga 2 mln dollar tovon to`laydi

Nyu-York hukumati «Raykers-Aylend» qamoqxonasi mahbusining onasiga 2,25 million dollar tovon puli to`lashga rozi bo`ldi, deya xabar bermoqda  TASS.

Gap shundaki, Jerom Merdau ismli ushbu mahbus shu yilning fevralida o`zi saqlanayotgan kameradagi harorat bir necha soatlar davomida 40 darajani tashkil etib turgani sababli nobud bo`lgan edi.

Fevral boshida ko`p qavatli uylardan birining tomida tunni o`tkazgani tufayli 56 yoshli Amerika qurolli kuchlari faxriysi, ruhiy nosog`lom Merdau hibsga olingan va «Raykers-Aylend»ning ruhiy kasal mahbuslarga mo`ljallangan maxsus qismiga joylashtirilgan edi.

OAVlar xabariga ko`ra, texnik nosozliklar tufayli turmadagi ba`zi kameralarda harorat bir necha soatlar davomida 40 darajadan tushmagan. Mahbuslarning ko`pchiligi ventilyasiya tuynuklarini ochgan, biroq Merdau bunday qilmadi va bir kishilik kamerasida vafot etdi. Qamoqxona xodimlari uning jasadini bir necha soatdan so`nggina aniqlashdi, qoidalarga ko`ra esa ular har 15 daqiqada mahbusning ahvolini tekshirib turishi kerak. Tibbiy ekspertiza Merdauning gipertermiyadan vafot etganini ko`rsatdi.

Huquq himoyachilari bu ish bo`yicha puxta tergov olib borilishini talab qildi. Ularning aytishicha, avvalo, Merdauni hibsga olish o`rniga unga tibbiy yordam ko`rsatilishi kerak edi.

Marhumning 75 yoshli onasi may oyida turma rahbariyatini mas`uliyatsizlikda va o`g`lining fuqarolik huquqlarini buzishda ayblab sudga murojaat qildi hamda 25 million dollar miqdorida tovon puli talab qildi.

    Boshqa yangiliklar