AsosiyDunyo

Yomg`ir haqida 20 ta qiziqarli ma`lumotlar

1. Portugaliyada ishga chiqmaslik yomg`ir uzrli sababdir.

2. Para shahrida odamlar yomg`irga qarab soatlarini to`g`rilashadi, chunki u erda yomg`ir har kuni bir vaqtda yog`adi.
3. Darts o`yini yomg`ir sababli paydo bo`ldi. Bir paytlar kamonchilar musobaqa davomida yomg`irda qolib ketishadi. Ana shundan keyin kamonchilar pivoxonaga borib, kichik nayzalarni devorda osiq turgan nishonga qarab otishni boshlashdi.
4. Haqiqatdan ham yomg`irning hidi yo`q. Yomg`irning xushbo`y hidi deb biladiganimiz, aslida aktino- va sianobakteriyalar ishlab chiqaradi. Yomg`irga hid beradigan modda geosmin deb ataladi.

5. Uganda aholisini momaqaldiroq bilan qo`rqitib bo`lmaydi. Chunki ularda yomg`ir bilan momaqaldiroq yiliga 250 marta yog`adi.
6. Radio bo`yicha ob-havo bashoratining berilishiga yomg`ir sababchi bo`lgan. Amerika radiostansiyasi rahbari yomg`irda qolib ketganidan so`ng, yomg`ir haqida sutkasiga bir necha bor ma`lumot beradigan ob-havo rubrikasini joriy qilgan.

7. Qurg`oq Bostsvanada insonlar bir-birlari bilan pula deb salomlashishadi, uning ma`nosi “yomg`ir” ni anglatadi, undan tashqari ushbu davlatning pul birligi ham “yomg`ir” deb ataladi.

8. Kubada yomg`ir faqat siesta (tushlikdan keyingi vaqt) paytida yog`adi, Tailanda esa faqatgina tunda.

9. XVII asrda Buyuk Britaniyada shunday qonun qabul qilinganki, noto`g`ri yomg`irni bashorat qilgan sinoptik qatl qilinar edi.

10. Odamzod yomg`irning tagida quppa-quruq qolishi mumkin, agarda u cho`lda bo`lsa. Aslida cho`lda yomg`ir yog`adi, lekin yomg`ir haqida bila olmaysiz, chunki issiq xavo tufayli yomg`ir tomchilari bug`lanib ergacha etib kelmaydi.

11. Barcha Gidrometsetr iboralari aniq ma`noga ega. Misol uchun, “qisqa muddatlik yomg`ir”deyilganda, yomg`ir 3 soatdan ko`p yog`maydi degani. “Yomg`ir yog`ishi kutilmoqda” iborasi, yomg`irning yarim sutkadan kam yog`masligini anglatadi. “Ko`p miqdorsiz yog`ingarchiliklar” degani, yomg`ir umuman yog`maydi degani emas, bu degani har bir kvadrat metrga 0,3litrdan ko`p bo`lmagan miqdorda yomg`ir yog`adi degani.

12. Cherapundji (Indiya) dunyodagi eng yomg`irli shahardir. Yiliga 26460 mm yomg`ir yog`adi.

13. Oddiy yomg`irning kislotnosti — rN 5,6. Agar kislotnost darajasi pasayib ketsa, yomg`ir kislotali deyiladi.  rN 5,5 yomg`ir darajasida bakteriyalar o`ladi, 4,5 darajada esa hashoratlar, qumursqalar va baliqlar o`ladi.

14. Ogayo shtatining Uaynsberg shahrida, 29 iyul kuni yildan yilga yuz yillar mobaynida yomg`ir yog`adi.

15. Bugungi kunda sun`iy yomg`ir tashkil qilsa bo`ladi. Samoletdan quruq yaxning bo`laklarini bulutlarga tashlasa yomg`irga aylanadi. Bulutlarda uglekislota suv bilan aralashib qor shaklida tushadi, tushgunigacha qor parchalari isib yomg`irga aylanadi. Shunday qilib qurg`oqchilikka qarshi qurashsa yoki bulutlarni tarqatsa bo`ladi.

16. Yiliga erga 519 000 km³ yomg`ir yog`adi. (Har km³ bu milliard tonna suv degani).

17. Taxminan yuz millionda bitta odamda yomg`irga nisbatan allergiya bo`ladi. Suvning har bir turi badanga tushsa qizarishni, shishishni keltiradi, agarda bunday insonlar yomg`ir tagida qolsa  vafot etishlari hech gap emas.

18. San-Fransiskodagi meteostansiya yog`ingarchilikning ehtimoli kattaligiga qarab e`lon qiladi.
19. Eng og`ir do`l Gopalgandj shahrida 1986 yili 16 aprelda yoqqan. Bitta do`lning og`irligi 1kg ortiq bo`lib, bunday “yomg`ircha” dastidan 92 inson vafot etgan.

20. Dunyoning eng ko`p yog`ingarchilik bo`ladigan nuqtalarida, qishda suv etishmovchiliklari bo`lar ekan. Yomg`ir fasllaridan keyin shunday qurg`oqchilik kelar ekanki, hatto aholi suvni boshqa shaharlardan sotib olisharkan.

    Boshqa yangiliklar