AsosiyDunyo

Yaponiyada to`ng`iz hujumi natijasida olti kishi jarohatlandi

Yaponiya poytaxti Tokio shahri atrofidagi Akiruno va Fusso shaharchalarida 31 oktyabr kuni to`ng`iz odamlarga hujum qilgan. Bu haqda Japan Today nashriga asoslanib Korrespondent.net xabar bermoqda.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, uzunligi bir metrga yaqin bo`lgan to`ng`iz yarim soat davomida 40 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan olti kishiga hujum qilishga ulgurgan. Jabrlanganlarning biri velosipedda bo`lgan.

Biror kishining jarohati jiddiy emasligi ma`lum qilingan. Yovvoyi hayvon o`sha paytning o`zidayoq mahalliy ovchilik tashkiloti a`zolaridan biri tomonidan otib tashlangan.

daryo.uz

    Boshqa yangiliklar