O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga jo`nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbarining hamma sa`y-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta – xalqimiz manfaatini ta`minlash. Iqtisodiy, investisiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar ko`zlangan.
Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investisiya, innovasiya, ilm-fan, texnika, ta`lim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.







