AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Germaniyada o`qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o`zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi.

Mamlakatimiz delegasiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari vatandoshlarimizning o`qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

– Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo`lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilg`or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o`rgangan bilim, “nou-xau”laringni O`zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko`p bilimli bo`lsak, shuncha qudratli bo`lamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yoshlarni o`qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yo`naltirishga taklif etdi.

    Boshqa yangiliklar