O`zbekiston Prezidentining Germaniyaga rasmiy tashrifi barcha darajadagi, jumladan, parlamentlar o`rtasidagi aloqalarning yangi yo`nalishlarini belgilab bergani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Bundestag binosini ko`zdan kechirdi. Mamlakatimiz delegasiyasiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida so`zlab berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Myunxen shahriga jo`nab ketdi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
22 yanvar kuni u erda Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning etakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.










