1

Muaytay. Namanganda O`zbekiston chempionati o`tkazildi

Sport 05.11.2014, 17:06
Muaytay. Namanganda O`zbekiston chempionati o`tkazildi

Namanganda muaytay bo`yicha o`tkazilgan O`zbekiston chempionatida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Farg`ona, Andijon, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan yuz nafardan ziyod sportchi 14 vazn toifasida bahslashdi. Bu haqda olamsport.com xabar beradi.

Musobaqalar yakuniga ko`ra, qoraqalpog`istonlik Abatbay Otegenov, Jahongir Yo`ldoshev, Muhammad Qo`chqorov, Ubbiniyaz Turiniyazov, Namangan viloyatidan Bosit Abduolimov, Ilhom Xolmirzaev, Farrux Samijonov, Samarqanddan Temur Jabborov, G`iyosbek Zubaydullaev, Halim Obloqulov, Bobur Tog`aev, Fanat Qahramonov, Surxondaryodan Kamoliddin Tursunov, Andijondan Abdulaziz Yoqubov o`z vazn toifalarida chempionlikni qo`lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida chempionat shohsupasining birinchi pog`onasini namanganlik muaytaychilar egalladi. Qoraqalpog`iston hamda samarqandlik sportchilarga ikkinchi va uchinchi o`rinlar nasib etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1