AsosiySiyosat

O`zbekiston Mudofaa vaziri AQShga boradi

'O`zbekiston Mudofaa vaziri AQShga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegasiya Amerika tomonining taklifiga binoan 2019 yilning 26-30-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

O`zbekistonning AQShdagi Elchixonasi bergan ma`lumotlarga ko`ra mamlakatimiz mudofaa idorasi vakillari Kemp-Shelbi harbiy bazasida (Missisipi shtati) "Janubiy zarba" o`quv mashg`ulotlarining faol fazasini kuzatib borishadi.

"Janubiy zarba" – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan har yili o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotlari. Maqsadi – quruqlikdagi, suvdagi va havodagi turli qo`shin turlarining qo`shma harakatlarini mashq qilish. O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ilk bor mazkur tadbirda ishtirok etmoqda.

Harbiy delegasiya Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar o`tkazadi, O`zbekiston mudofaa idorasi va CENTCOM o`rtasidagi Harbiy aloqalar rejasida ko`zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha fikr almashadi.

    Boshqa yangiliklar