AsosiySiyosat

Erkinjon Turdimov Senat a`zoligiga saylandi

'Erkinjon Turdimov Senat a`zoligiga saylandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 18 yanvardagi qaroriga asosan, 25 yanvar kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Samarqand viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining bo`shab qolgan o`ringa O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a`zosi saylovi bo`yicha qo`shma majlisi bo`lib o`tdi.

Qo`shma majlisni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov ochdi.

Majlisda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Yig`ilish oqsoqollar kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati a`zoligiga nomzod taklif etildi. Deputatlar nomzod bo`yicha o`z munosabatlarini bildirdi.

Shundan so`ng Oliy Majlis Senati a`zosi saylovi amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida uyushqoqlik bilan o`tkazildi.

Yashirin ovoz berish natijalariga ko`ra, 7-Istiqlol saylov okrugidan Samarqand viloyati Kengashi deputati, Samarqand viloyati hokimi Turdimov Erkinjon Oqbo`taevich Oliy Majlis Senati a`zosi etib saylandi.

    Boshqa yangiliklar