AsosiyShou-biznes

O`zbekistonlik talaba Italiyadagi xalqaro musiqa tanlovida g`alaba qozondi

Italiyada Fiestalonia International xalqaro tanlovida ishtirok etgan o`zbekistonlik Selivanna Sin birinchi o`rinni egallab, laureat maqomiga sazovor bo`ldi. Bu haqda daruo.uz «Narodnoe slovo» gazetasi manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining ikkinchi bosqichida ta`lim olayotgan Selivanna Sin tanlovda fransuz va rus tillarida ikki vokal kompozisiyasini ijro etdi. Mazkur kompozisiyalar tanlov hay`at a`zolari tomonidan 16—19 yoshdagi 87 nafar ishtirokchi orasida eng yaxshi «pop-vokal» deb topildi.

Selivanna 18 yoshidayoq bir necha bor Misr, Janubiy Koreya, Rossiya singari davlatlarda o`tkazilgan ijodiy tanlovlarda O`zbekiston sharafini himoya qilib, g`oliblikka erishgan.

    Boshqa yangiliklar