AsosiySiyosat

O`zbekiston va Tojikiston chegarani belgilashga doir huquqiy hujjat imzolashdi

'O`zbekiston va Tojikiston chegarani belgilashga doir huquqiy hujjat imzolashdi'ning rasmi

21-27-yanvar kunlari Dushanbe shahrida O`zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkasiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegasiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar chog`ida tegishli normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi. Buning asosida demarkasiya ishlarini o`tkazish uchun hududlarda davlat chegarasi chizig`ini aniqlash bo`yicha muzokaralar jarayonini boshlanadi.

Uchrashuv an`anaviy do`stlik va o`zaro tushunish muhitida o`tdi.

Tadbir yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.

    Boshqa yangiliklar