O`zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o`rinbosari Elyor G`aniev bosh vazir o`rinbosari etib tayinlandi.
U Investisiyalar, innovasion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbariga aylandi.
Bu lavozimda u Suhrob Xolmurodovning o`rnini egallagan. Uning yangi lavozimi haqida hozircha ma`lumot yo`q.
Elyor G`aniev 1997-2002 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o`rinbosari), 2005-2006 yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o`rinbosari), 2006-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri bo`lib ishlagan.
G`aniev 2010-2012 yillarda yana Tashqi ishlar vaziri (O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari), 2012 yil yanvaridan O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat ko`rsata boshlagandi.
2017 yil noyabr oyi oxirlaridan - prezident devonida sektor boshlig`i, 2018 yil 27 avgustdan - prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari.






