Ayrim ma`lumotlarni rasman e`lon qilish bo`yicha cheklovlarni olib tashlash to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi "Huquqiy axborot" kanali.
Qarorga muvofiq, quyidagi ma`lumotlarni rasman e`lon qilish bo`yicha ilgari belgilangan cheklovlar bekor qilindi:
- foydali qazilmalarning zaxira va resurslari, ularning qazib olish va sotish hajmlari, mablag`larning taqsimlanish to`g`risidagi ma`lumotlar;
- Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning 2013 yildan boshlab milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari;
- 2017 yil 1 yanvar holatigacha davlat oltin valyuta-zaxiralarining yillik hajmlari va ularning tarkibi;
- davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarning umumiy hajmi, ularning manbalari, valyutalari, foiz stavkalari, so`ndirish muddatlari, shuningdek qarzdor tashkilotlar kesimida o`zlashtirilishi va qaytarilishi bo`yicha ma`lumotlar.






