Rossiyaning Kaluga shahrida yirik YTH ro`y berdi, deya xabar berdi Vesti nashri.
Bortida bolalar bo`lgan avtobus yo`llarning muzlashi sabab ag`darilib ketgan. Avtobus bortida musiqa festivalida ishtirok etish uchun ketayotgan bolalar ansambli bor edi. Xabarlarga ko`ra, qurbonlar soni 7 kishini tashkil qiladi. Ularning 3 nafari bolalardir. Shuningdek, 30 dan ortiq inson tan jarohati olib, kasalxonaga etkazilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, avtobusda jami 48 kishi bo`lgan, shundan 33 nafari bolalardir. Avtobus haydovchisi bilan dastlabki tergov harakatlari boshlangan.