Bir sutka ichida Qozog`iston chegarachilari tomonidan 240 nafar O`zbekiston fuqarosi ushlandi, deya xabar beradi “Zakon.kz”.
«Sariagash chegara otryadi naryadlari tomonidan bir sutka ichida 240 nafarga yaqin mehnat muhojiri va belgilangan muddatlarda mamlakatdan chiqib ketmagan O`zbekiston fuqarolari qo`lga olindi», - deyiladi Qozog`iston QXX chegara xizmatining xabarida.
Qo`lga olinish fakti bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga ma`lum qilingan. Qo`lga olingan fuqarolar ma`muriy javobgarlikka tortiladi.
07.11.2014 19:36