AsosiyDunyo

Daniyada chiroqlar festivali bo`lib o`tmoqda

'Daniyada chiroqlar festivali bo`lib o`tmoqda 'ning rasmi

Daniyada an`anaviy chiroqlar festivali bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda Day.Az nashri.

Poytaxt Kopengagen hozirda yorug`lik shahriga aylangan bo`lib, ko`chalarni bezatish ishlarida bir necha million rangli chiroqlardan foydalanilgan. Mazkur tadbir har yili qish oqshomlarida o`tkaziladi. Uni tashkil etishdan maqsad esa shahar aholisi va mehmonlarni xushnud qilishdan iboratdir. Festival davomida konsert dasturlari hamda turli shou tomoshalari ham o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar