AsosiyJinoyat

Toshkentda bosqinchilik qilgan mahbuslarga qayta jazo tayinlandi

'Toshkentda bosqinchilik qilgan mahbuslarga qayta jazo tayinlandi'ning rasmi

Poytaxtimizda yashovchi o`rta yoshli fuqarolarning mol mulkiga niqoblangan shaxslar hujum qildi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida lavha berildi.

Bosqinchilar jabrlanuvchilarning yashash uyiga tomdan oshish yo`li orqali g`ayriqonuniy ravishda kirib, ularga nisbatan zo`rlik ishlatib, oyoq qo`l va og`zini skotchbilan yopishtirib bog`laydi. So`ngra ayollar sumkasi ichidan 9.525 AQSh dollari, 4.401.000 so`mlik to`rt dona ayollar tilla uzuklari, 70.000 so`mlik 2 dona ayollar hamyoni va 2.500.000 so`m pullarini, jami 81.104.551 so`mlik mulkni olib, voqea joyidan qochishgan.

Oradan ko`p o`tmay, jinoyatchilar qo`lga olingan. Ushbu jinoyatni Olmaliq shahridagi jazoni o`tash muassasasidan qochib ketgan to`rt nafar mahbus sodir etganlikda ayblanib sudlandi. Ular muqaddam qasddan odam o`ldirish, bosqinchilik va og`ir jinoyatlar sodir etishgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Olmazor tumani sudi hukmi bilan ular o`ta xavfli residevistlar deb topildi va ularga 15 yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o`tashi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar