Boliviyada ketma-ket 2 ta er ko`chkisi sodir bo`ldi, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Hodisa oqibatida umumiy hisobda 16 kishi qurbon bo`lgan. Falokat poytaxt La-Paz yaqinida ro`y berdi. Yaradorlar soni esa taxminan 50 nafar ekani qayd etilmoqda. Ko`chkilar avtomobil yo`lida ro`y berdi. Natijada bir qancha transport vositalari paydo bo`lgan chuqurga tushib ketgan. Mazkur tabiiy ofatga mintaqada kuzatilayotgan tinimsiz yog`ingarchilik sabab bo`lmoqda. Ayni vaqtda Boliviya ob-havoni o`rganish xizmati ayrim joylarda xavfning sariq darajasini e`lon qilgan.