Rossiyaning aksariyat hududlarida anomal sovuq kuzatilmoqda, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Jumladan, Krasnoyarsk va Novosibirskda harorat minus 49 daraja ekani qayd etilgan. Arktikadan kirib kelgan sovuq havo oqimi ayrim muammolarga sabab bo`lmoqda. Shaharlararo qatnovchi avtobuslar vaqtincha to`xtatildi. Aeroportlarda ham ba`zi reyslar bekor qilinmoqda yoki parvozlar belgilangan muddatdan kechikmoqda. Aksariyat ta`lim muassasalarida navbatdan tashqari ta`til e`lon qilindi. Bu kabi vaziyatni Tomsk va Omsk hududlarida ham ko`rish mumkin.