AsosiyJinoyat

Qonunbuzarlarning niyatini bojxonachilar puchga chiqardi

'Qonunbuzarlarning niyatini bojxonachilar puchga chiqardi'ning rasmi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiKontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshikurashish bo`limi xodimlari tomonidan “Toshkent xalqaro aeroporti” orqali tovar-moddiy boyliklari, xususan,dori vositalarini noqonuniy olib o`tilish holatlarini oldini olish hamda aniqlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Dehli-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan fuqarolar M.X., M.U. va M.Z lar yashil yo`lak orqali harakatlanayotganda bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi.

Natijada ushbu fuqarolar tomonidan yashirin tarzda olib o`tilayotgan jami 325 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar