AsosiySiyosat

Germaniya prezidentining O`zbekistonga tashrif sanasi ma`lum bo`ldi

'Germaniya prezidentining O`zbekistonga tashrif sanasi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O`zbekistonga tashrifi shu oy may oyiga rejalashtirilmoqda.

"Xalq so`zi" nashrining xabar qilishicha, bu haqda "O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari" mavzusida o`tkazilgan davra suhbatida ma`lum qilindi.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog`ida Frank-Valter Shtaynmayerni O`zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgan edi. Federal prezident shu yil bahorida O`zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgan edi.

    Boshqa yangiliklar