AsosiyDunyo

Gresiyada cho`chqa grippi tarqaldi

'Gresiyada cho`chqa grippi tarqaldi'ning rasmi

Gresiyada cho`chqa grippi epidemiyasi tobora avj olmoqda, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, birgina o`tgan hafta davomida 20 kishi hayotdan ko`z yumdi. Joriy yil boshidan beri esa ushbu kasallik tufayli vafot etganlar soni 39 kishiga etgan. Shuningdek, mazkur virus alomatlari bilan 200 kishi shifoxonalarga yotqizildi. Hozirda mamlakatda grippga qarshi kurash jadal davom etmoqda. Shifokorlarning so`zlariga qaraganda, epidemiyaga qarshi emlash kasallikdan saqlanishning eng ishonchli yo`lidir.

    Boshqa yangiliklar