1

Xorazmda valyutafurushlar qo`lga olindi

Jinoyat 09.02.2019, 23:13
Xorazmda valyutafurushlar qo`lga olindi

Urganch tumani “Sevganlar” mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaro S. noqonuniy valyuta savdosi bilan shug`ullanib kelgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Urganch tuman bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda ushbu valyutafurushning noqonuniy harakatlariga chek qo`yildi. Ya`ni fuqaro S. tumandagi G`oybu qishlog`ida joylashgan xonadonlarning birida navbatdagi xaridoriga har bir Rossiya rublini 127 so`mdan hisoblab, jami 165 ming Rossiya rublini 20 million 955 ming so`mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tadbir davomida, huquqbuzardan 165 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Shuningdek, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Urganch shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda Urganch shahar “Shabnam” ko`chasida yashovchi fuqaro xaridordan 23 million 176 ming so`mni jami 2800 AQSh dollari va 10 000 Rossiya rublini jami 24 million 986 ming so`mga sotayotgan paytda tezkor xodimlar tomonidan ushlandi. Ushbu huquqbuzar har bir AQSh dollarini 8 470 so`mdan va har bir Rossiya rublini 127 so`mdan hisoblab sotishga uringan.

Tadbir yakunida fuqarodan jami 2 800 AQSh dollari va 10 250 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

O`zA xabariga ko`ra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1