O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiyasi 2019 yil 13-16 fevral kunlari amaliy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo`ladi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, O`zbekiston delegasiyasi Xavfsizlik bo`yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi.
Tashrif davomida O`zbekiston delegasiyasi Myunxen shahrida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazishi rejalashtirilgan.






