AsosiyJamiyat

Andijon viloyati IIB boshlig`iga yangi birinchi o`rinbosar tayinlandi

'Andijon viloyati IIB boshlig`iga yangi birinchi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

Xususan, podpolkovnik Sanjar Bo`ronovich Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma`lumot uchun, Sanjar Jabborov bundan avval Oltinko`l tumani IIB boshlig`i sifatida ishlagan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Andijon viloyat IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olingani xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar