AsosiyJamiyat

O`zbekiston urbanizasiya darajasi bo`yicha 233 mamlakat orasida 155-o`rinni egalladi

'O`zbekiston urbanizasiya darajasi bo`yicha 233 mamlakat orasida 155-o`rinni egalladi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar tashkiloti xalqaro reyting ko`rsatkichiga ko`ra, O`zbekiston 2018 yilda urbanizasiya darajasi bo`yicha 233 mamlakat orasida 155-o`rinni egalladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Bugun O`zbekiston aholisining 50,6 foizi shaharlarda yashaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi press-xollida Iqtisodiyot va sanoat hamda Qurilish vazirliklari bilan hamkorlikda o`tkazilgan matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, barqaror rivojlanishning urbanizasiya jarayonini faollashtirish maqsadida davlat rahbarining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida alohida vazifalar belgilangan. Jumladan, mamlakatda urbanizasiya darajasini 2030 yilgacha 60 foizga etkazish vazifasi qo`yilgan.

Prezidentning 2019 yil 10 yanvardagi «Urbanizasiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoniga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizasiya agentligi tashkil qilindi.

Mazkur agentlik mamlakatda urbanizasiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi tashkilotdir.

    Boshqa yangiliklar