AsosiyJamiyat

O`zbekiston Qurolli Kuchlari Axloqiy-ruhiy ta`minot konsepsiyasi tasdiqlandi

'O`zbekiston Qurolli Kuchlari Axloqiy-ruhiy ta`minot konsepsiyasi tasdiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo`shinlarida axloqiy-ruhiy ta`minot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida qo`shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yuksaltirish, mamlakat tinchligi va osoyishtaligini ta`minlash, halol harbiy xizmatchilarni tarbiyalashga qaratilgan O`zbekiston Qurolli Kuchlari Axloqiy-ruhiy ta`minot konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi qo`shma qaror imzolandi.

Tegishli vazirlik va idora rahbarlarining soha bo`yicha o`rinbosarlari, harbiy okrug qo`shinlari va unga tenglashtirilgan birlashmalar qo`mondonlari, mudofaa ishlari boshqarmalari va bo`limlari boshliqlari, harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlari mazkur qarorda belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo`yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.

Ushbu Konsepsiya O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “O`zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to`g`risida”gi qonuni hamda boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan va O`zbekiston Respublikasining harbiy tashkiloti faoliyatining amaldagi qonunchilik va me`yoriy-huquqiy bazasi asosida Qurolli Kuchlarning harbiy harakatlarini axloqiy-ruhiy ta`minlash sohasidagi qarashlar, asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalar, qonuniyat va tamoyillar, yo`nalishlar, shakl hamda usullar tizimini o`zida aks ettiradi.

Konsepsiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarida inqirozli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan ichki siyosiy barqarorlikka tahdidlar, axborot kommunikasiya makonida O`zbekiston Respublikasining suverenitetiga, mustaqilligiga, hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan hamda aholining tinch hayotiga tahdid soluvchi ehtimoliy mafkuraviy va psixologik harakatlarga qarshi kurashish yo`llari keltirib o`tilgan.

Axloqiy-ruhiy ta`minot bu – Qurolli Kuchlar boshqaruv organlari, qo`mondonlar, shtablar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari, boshqa boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar tomonidan shaxsiy tarkibning har qanday vaziyatlarda qo`yilgan vazifalarni so`zsiz bajarilishini ta`minlaydigan yuqori axloqiy-ruhiy holati va boshqa sifatlarini shakllantirish, saqlab turish va tiklash bo`yicha maqsadlari, vazifalari, joyi, vaqti, ketma-ketligi, jalb qilinadigan kuch va vositalari bo`yicha muvofiqlashtirilgan harakatlar majmuidir.

    Boshqa yangiliklar