Nufuzli “Oskar” mukofoti tashkilotchilari ba`zi yo`nalishdagi mukofotlarni efirga uzatishdan voz kechishga qaror qilishdi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Tashkilotchilar “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi montaj”, “Eng yaxshi qisqa metrajli animasion film” va “Eng yaxshi grim va soch turmagi” nominasiyalari uchun topshiraladigan mukofotni reklama payti topshirishga qaror qilishdi. Ammo Gollivudning bir qancha vakillari, jumladan, Jorj Kluni, Robert De Niro, Martin Skorseze, Kventin Tarantino kabi yulduzlar bu qarorga qarshi chiqishgan.
Shundan so`ng tashkilotchilar o`z qarorlarini o`zgartirishdi.
Taqdirlash marosimi 25 fervral kuni bo`lib o`tadi.