O`zbekistonda xorijiy davlatda olingan rasmiy hujjatlarga apostil qo`yish bo`yicha ma`muriy reglament tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
“Hukumat qarori bilan Adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo`yish bo`yicha ma`muriy reglament tasdiqlandi”, - deyilgan xabarda.
Reglamentga asosan, ariza beruvchi davlat xizmatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o`zi kelgan holda murojaat etadi hamda markaz xodimi tomonidan elektron so`rovnoma to`ldiriladi.
So`rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
- ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- xorijiy davlat – xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaning (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat.
- Davlat xizmatini ko`rsatish uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi (40 546 so`m) miqdorida yig`im undiriladi.
So`rovnoma to`ldirilganidan so`ng 10 daqiqada Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga elektron shaklda yuboriladi.
So`rovnoma tushganidan so`ng vakolatli organ 5 ish kunida apostil qo`yish to`g`risida qaror qabul qiladi.






