Namangan viloyat hokimligi tomonidan Oila kodeksiga nikohni qayd etish uchun nikohlanuvchilar o`rtasida nikoh shartnomasi tuzish majburiyligi yuzasidan taklif kiritildi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ telegram kanalida ma`lum qilindi. Unga asosan kelin va kuyov o`rtasida nikoh shartnomasi tuzilmagan holatda ularning nikohi FHDYo organida qayd etilishiga yo`l qo`yilmaydi.
Eslatib o`tamiz, nikohlanuvchi shaxslarning (er va xotinning) nikohda bo`lgan davrida va nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanib, hozirgi kunda uni tuzish ixtiyoriydir.






