AsosiyMutolaa

Telefon ichidagi dadam keldilar! (psixolog qabulidan lavha)

'Telefon ichidagi dadam keldilar! (psixolog qabulidan lavha)'ning rasmi

“Men besh yil davomida Koreya davlatida ishladim. Shu muddat ichida uy qurdim, mashina oldik, orada kelib ketib turdim va uchta farzandli bo`ldik. Shartnomam muddati tugallanganligi uchun uyga qaytdim.

Farzandlarimni internet orqali ko`rib, gaplashib turardim. Ammo, meni tez-tez telefonda ko`rib turishgan bo`lsada, biroz begonasirashdi. Bir ikki kundan so`ng kichik o`g`ilchamni qo`lidan ushlab bog`chasiga qo`yib kelish uchun bordim. Bolani bog`cha opasi olib kirishdan oldin, “Siz kimsiz?”, deb so`radi. Men bolaning otasi ekanligimni aytdim. O`g`limga “Dadang kelib xursand bo`lib qoldinglarmi, Murodjon?”, deb so`raganini eshitib turardim. Shunda mening o`g`lim “Telefondagi odam uyimizga keldilar, telefonga qachon kirib ketishlarini bilmayman!” deb jaxl qilgan payti mening ko`zlarimdan yosh oqardi.

Uyga kelib xotinimning telefonda kim bilandir gaplashib o`tirganligini ko`rdim. “Kim bilan gaplashyapsan?”, - deb so`raganimda “Shundoq o`zim...” deb qo`yaqoldi.

Yana Koreyaga ketgim kelyapti... Ammo bu nimasi! Erligimni, otaligimni qilish o`rniga telefon ichidagi odamga aylanib qolgan ekanman. Boshqa yo`lim bor edimi? Albatta topar edim. Shuncha odam topib yurishibdi-yu yo`lini... Afsusdaman...”

    Boshqa yangiliklar