AsosiyDunyo

Butunjahon kitob hadya etish kuni qachonligini bilasizmi?

'Butunjahon kitob hadya etish kuni qachonligini bilasizmi?'ning rasmi

14 fevral Valentin kuni ekanidan tashqari butun dunyoda kitob sovg`a qilish kuni ekanligi ko`pchilikka ma`lum emas, deya ma`lum qildi Novostiliteratury.ru.

Ha, ha, aynan shu kuni ko`pchilik davlatlarda sevishganlar bir-biriga qimmatbaho sovg`a va gullar sovg`a qilishayotganda, ba`zi davlatlarda odamlar bir-biriga kitob hadya etishadi.

Butun dunyo kitob sovg`a qilish kuni - International Book Giving Day minnesotalik maktab kutubxonachisi Emmi Brodmur tomonidan ta`sis etilgan.

Joriy yilda ushbu kunni 44 mamlakatda, jumladan, Ukraina, Chexiya, Kipr, Kanada, Avstraliya, Daniya Serbiya, Gresiya kabi davlatlarda kitob tuhfa etish kuni sifatida nishonlashdi.

Sharqda esa ushbu kun Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomi sifatida nishonlanadi.

    Boshqa yangiliklar