19 fevral kuni soat 09:00dan boshlab, viloyat hokimi rahbarligidagi barcha viloyat tashkilotlari Payariq tumani, Qumchuq mahallasi, O`yingoh ko`chasi 19-uyda joylashgan Payariq tuman 1-bolalar-o`smirlar sport maktabi binosida tuman aholisi uchun sayyor qabul o`tkaziladi.
Bu haqda Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu manzilga keladigan murojaatchilar o`z muammolari, taklif va mulohazalarini viloyat hokimiga bildirishi mumkin bo`ladi.






