AsosiyJamiyat

Arxiv hujjatlarini berish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi

'Arxiv hujjatlarini berish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlangani haqida "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qilmoqda.

Unga muvofiq, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o`zi kelib murojaat etadi hamda markaz xodimi tomonidan elektron so`rovnoma to`ldiriladi.

So`rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

• pasport nusxasi;

• ishonchnoma asosida harakat qilayotganda uning nusxasi;

• marxumga qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat;

• ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo`r bo`lganda – vasiyatnoma va marhumning o`limi haqida guvohnoma nusxalari.

Davlat xizmati ko`rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi (10 136 so`m) miqdorida yig`im undiriladi.

Markaz xodimi so`rovnomani to`ldirganidan so`ng 10 daqiqada tegishli FHDYo organiga yuboradi.

FHDYo organi so`rovnoma tushganidan 1 ish soati mobaynida QR-kod qo`yilgan ma`lumotnomani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi ma`lumotnoma kelib tushganidan so`ng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va xabardor qiladi.

    Boshqa yangiliklar