AsosiyJamiyat

1 apreldan Toshkent aholisi avtomobillarni Davlat xizmatlari agentligida ro`yxatdan o`tkazadi

'1 apreldan Toshkent aholisi avtomobillarni Davlat xizmatlari agentligida ro`yxatdan o`tkazadi'ning rasmi

Joriy yilning 1 aprelidan Toshkent aholisi Davlat xizmatlari agentligida yangi avtotransport vositalarini ro`yxatga olish va ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini olishlari mumkin bo`ladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Transport vositalarini qayta ro`yxatdan o`tkazish (avtomototransport vositalari ro`yxatdan o`tkazish hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalarni kiritish) hozircha YHXB ixtiyorida qoladi, biroq yaqin vaqtlarda IT-infratuzilmalar ustida olib borilayotgan ishlar yakuniga etishi bilan u ham Davlat xizmatlari agentligiga o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, "Xalq qabulxonalari" negizida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan. Bugungi kunda Toshkentda 11 ta "Yagona darcha" faoliyat yuritadi va avtotransport vositalarini ro`yxatga olish va ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini olish uchun ulardan biriga murojaat qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar