AsosiyJamiyat

Toshkent temir yo`l vokzallarida bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi

'Toshkent temir yo`l vokzallarida bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi  'ning rasmi

“Toshkent-Markaziy” va “Toshkent-Janubiy” temir yo`l vokzallarida tezligi 100 Mb/s bo`lgan bepul Internet Wi-Fi xizmati tashkil etildi, deb xabar qildi “O`zbekiston temir yo`llari” matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu xizmat bosqichma-bosqich amalga oshirilib, kelgusida O`zbekistondagi barcha vokzallarda joriy etiladi.

Ushbu xizmat vokzal hududida joylashgan va har qanday uyali aloqa operatorining abonentlari bo`lgan yo`lovchilar erkin foydalanishlari mumkin. Temir yo`l chiptasi bor xorijlik sayyohlar uchun esa, maxsus vaucher hamda bepul Internetga kirish imkoni beriladi.

Bundan tashqari, Toshkent temir yo`l muhandislari institutida ham mazkur Wi-Fi texnologiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud. Oliygoh talabalari va professor-o`qituvchilar uchun 70 ta Internetga ulanish nuqtasi joriy etilgan.

Aytish joizki, Wi-Fi᾽dan bepul foydalanish belgilangan vaqt ichida amal qiladi, so`ng lozim bo`lsa to`lov tizimlari orqali kerakli pul o`tkazmalari orqali amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar