AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Volga bo`yidan nam va salqin havo kelmoqda

'O`zbekistonga Volga bo`yidan nam va salqin havo kelmoqda  'ning rasmi

Ertaga, 19 fevral kuni O`zbekiston hududining katta qismiga Turkmanistondan iliq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda FVV ma`lum qildi.

Faqatgina shimoliy hududlar Volga bo`yidan kirib kelishi kutilayotgan nam va salqin havo oqimlari ta`sirida bo`ladi. Hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, lekin mamlakatning shimoliy viloyatlarida qor yog`ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq bo`ladi.

20-21 fevral kunlari esa Volga bo`yidan kirib kelgan nam va salqin havo respublikaning barcha hududlariga ta`sir qiladi. Xususan, 20 fevral kunlari mamlakatning katta qismida yog`ingarchilik bo`ladi. Yomg`ir, qor yog`adi. 21 fevralda Farg`ona vodiysining ayrim joylarida qor yog`ishi kutilmoqda. 22-23 fevral kunlari salqin havo oqimlari asta-sekin chekinishni boshlaydi.

Harorat 20 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 21 fevral kuni kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi. 22 fevral kuni kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda. 23 fevralda esa kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar