AsosiyJamiyat

Surxondaryoda aholi murojaatlarini o`rganishda sustkashlik qilgan 38 xodim ishdan bo`shatildi, 129 xodim jazolandi

'Surxondaryoda aholi murojaatlarini o`rganishda sustkashlik qilgan 38 xodim ishdan bo`shatildi, 129 xodim jazolandi'ning rasmi

2018 yil davomida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklariga fuqarolardan jami 52 ming 188 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 20 ming 557 tasi ijobiy hal etildi, 15 ming 314 tasiga tushuntirish berilgan bo`lsa, 2414 ta murojaat qonun zid bo`lganligi tufayli rad etildi.

Aholi murojaatlarini o`rganish, o`rnatilgan tartib-intizomga amal qilmasdan sustkashlik va mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygani uchun 129 nafar mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, 38 nafar rahbar va mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

    Boshqa yangiliklar