AsosiyJamiyat

Toshkent davlat agrar universiteti AQSh universiteti bilan hamkorlik qiladi

'Toshkent davlat agrar universiteti AQSh universiteti bilan hamkorlik qiladi'ning rasmi

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Botirjon Sulaymonov shu yilning 11-14 fevral kunlari O`zbekiston delegasiyasining AQShga tashrifi doirasida Missisipi shtati universiteti bilan o`zaro hamkorlik bitimini imzoladi. Bu haqda universitet matbuot xizmat xabar berdi.

Unga ko`ra, Toshkent davlat agar universiteti Missisipi shtati universiteti bilan qishloq xo`jaligi, xususan, baliqchilik, o`rmon xo`jaligi, paxtachilik, bog`dorchilik va suv resurslarini boshqarish yo`nalishida hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib boradi; akademik va ekspertlar almashinuvi dasturlarini amalga oshiradi.

Kelgusida universitetlar o`rtasida «Agrobiznes va menejment» mutaxassisligida magistrlar tayyorlash bo`yicha ikkitomonlama qo`shma dasturlarni yo`lga qo`yish rejalashtirilgan.

Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo`jaligi sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash borasida AQShning boshqa OTMlari bilan ham hamkorlik aloqalarini olib boradi.

    Boshqa yangiliklar