AsosiyJamiyat

Bir ayol taqdiri...

'Bir ayol taqdiri...'ning rasmi

Aksariyat hollarda, qandaydir xato oqibatida ozodlikdan mahrum etilgan va jazoni o`tab chiqqan insonlarga nisbatan rahm-shavqat to`yg`usi, yana kimlardadir esa ularga nisbatan hayiqish bilan qarash to`yg`usi uyg`onadi. Ammo shunday insonlar borki, ular hech narsaga qaramay har qanday vaziyatdan chiqib, hayotga yangitdan chanqoqlik bilan kirishadi va barchaga ular ham ko`p narsaga qodirligini isbotlashga harakat qiladi. Bunda esa albatta yaqin insonlarning qo`llab-quvvatlashi muhim o`rin tutadi.

Muqaddas Abdurasulova Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan berilgan afv tufayli jazo muddatidan oldin ozodlikka chiqqan ayollardan. Ozodlikka chiqqach u yashash uchun Sirdaryoga ko`chib o`tgan. U boshidan o`tganlar haqida shunday hikoya qiladi:

“Men bu erga kelganimda hayotda o`zimni qayta tiklab olishimga ko`zim etmagandi, ammo boshimga baxt qushi qo`ndi”, — deydi Muqaddas Abdurasulova.

Oq oltin tumanining hokimi o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Hulkara Hudoyqulova uni iliq qabul qilib, uy joy va ish bilan taminlashga erdam berdi. Viloyat hokimi o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi 25 mln so`m kredit olib, kichkina tikuv sexi ochishni maslahat berdi, bu borada yordamini ayamadi.

25 mln so`m kredit olgan ayol 8 kishidan iborat kichik tikuv sexini tashkil etdi.

“Men xalqimning qayta ishonchiga kira olganimdan benihoya hursandman. Bu ishonchni halol mehnatim bilan oqlayman. Shuningdek, menga yana bir quvonchli xabar - ikki nogiron farzandimga uy-joy berilgani aytildi".

Xotin-qizlar qo`mitasi hozirgi kunda ayollar jinoyatchiligiga qarshi kurashishda, jinoyat yo`liga kirib, jazo muddatlarini o`tab kelgan ayollarimizni qayta shu yo`lga kirmasliklari uchun amaliy yordam bermoqda. Bunday ayollar hozirgi kunda uy va ish bilan ta`minlanmoqda, o`z oilasi bag`riga qaytib, farzandlari bilan baxtiyor hayot kechirishmoqda.

    Boshqa yangiliklar