AsosiyDunyo

Grenlandiyalik boshpanasiz kishi lotoreyadan 610 ming dollar yutib oldi

Yangi Zelandiyadagi savdo markaziga kelgan grenlandiyalik fuqaro lahzalik lotoreya o`yinida ishtirok etib, 3,6 million kron (610 ming dollar) miqdordagi pul mukofotini yutib oldi.

“The Copenhagen Post” gazetasining yozishicha, bunday summa ko`pchilik odamlar uchun oddiy. Mahalliy matbuotning qiziqishiga sabab bo`lishga arzigulik katta summa ham emas. Biroq uni boshpanasi yo`q daydi kishi yutib olgani shov-shuvga sabab bo`ldi.

Yutuq egasining 37 yoshli singlisi akasining bunday yutuqqa loyiqligini aytib, “U juda yaxshi odam va men akamga nihoyat omad kelganidan xursandman”, - dedi u mahalliy gazetaning muxbiriga.

Yangi millioner esa o`z ismini oshkor qilishdan bosh tortdi, biroq to`satdan kelgan pullarni qaerga sarflashni bilishini ma`lum qildi. U avvalo Grenlandiyaga Yangi yilda qaytib borishini, yarim yildan buyon boshpanasiz bo`lgani uchun kvartira sotib olishini, pullarni aql bilan sarf etishini aytdi.

Ushbu lotoreya qoidalariga ko`ra, yutuq 60 oy davomida har oy 10 dollardan bo`lib-bo`lib to`lanadi. Dastlab yutuq egasi shunday summani yutib olganiga o`z hisobiga birinchi badal to`lovi tushmaguncha ishonmagan.

Manba: vesti.ru

    Boshqa yangiliklar