AsosiyJamiyat

Moliya vazirligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

'Moliya vazirligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Moliya vazirining 2019 yil 18 fevraldagi buyrug`i bilan Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga Davlatov Murodbek Saparbaevich tayinlandi.

Murodbek Davlatov 1978 yilda Xorazm viloyati, Xazorasp tumanida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy. 1999 yilda Urganch davlat universitetini, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2006 yilda O`zbekiston Bank-moliya akademiyasini bank ishi va moliya mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

photo_2019-02-19_08-56-08.jpg

1999 – 2007 yillarda Bog`ot tumani banklarida va tuman moliya bo`limlarida,

2007 – 2012 yillarda Xorazm viloyati G`aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmalarida,

2012 -2015 yillarda Bog`ot tuman hokimligi moliya bo`limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2015 – 2017 yillarda Xorazm viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig`i.

2015 – 2018 yillarda Xorazm viloyati hokimligining moliya bosh boshqarmasi boshlig`i.

Hozirgi kunga qadar Moliya vazirligining Agrosanoat majmua moliyasi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari – Agrosanoat majmuining qayta ishlash va boshqa tarmoqlari moliyasi va narxlarni tartibga solish bo`limi boshlig`i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

***

Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarma boshlig`i o`rinbosari lavozimiga Yunusov Mohir Muratjanovich tayinlandi.

photo_2019-02-19_08-56-10.jpg

Yunusov Mohir Muratjanovich 1981 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy. 2001 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bakalavr, 2002 yilda Germaniyaning Bremen universitetini magistr darajalarini iqtisodchi mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda Germaniyaning Berlin shahridagi telekommunikasiya sohasida boshlagan.

Mohir Yunusov O`zbekiston va xorij banklarida faoliyat yuritgan, xususan, O`zbekistonning Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida etakchi, bosh mutaxassis hamda Kaliningrad shahridagi “Sankt-Peterburg Evropa banki” filialida etakchi va katta mutaxassis lavozimlarida tajriba orttirgan. Bundan tashqari Rossiya Federasiyasining nufuzli universitetlarida Iqtisodiyot va moliya departamenti boshlig`i, shuningdek, budjetni rejalashtirish boshqarmasi boshlig`i kabi rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan.

Hozirgi kunga qadar Mohir Yunusov Sevastopel davlat universiteti budjetni rejalashtirish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

***

Moliya vazirining 2019 yil 18 fevraldagi buyrug`i bilan Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga Abruev Jamshid Ismoilovich tayinlandi.

photo_2019-02-19_08-56-42.jpg

Jamshid Abruev 1979 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy. 1999 yilda Samarqand qishloq xo`jaligi institutini, 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini moliya mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

2000 – 2004 yillarda Samarqand shahar Temir yo`l tumani Xalq ta`limi bo`limi hamda tuman hokimliklarida hisobchi, iqtisodchi lavozimlarida;

2004 – 2012 yillarda Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi etakchi iqtisodchisi, bo`lim boshlig`i muovini lavozimlarda;

2012 – 2017 yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining Umumiy o`rta va maktabgacha ta`limni moliyalashtirish bo`limi etakchi iqtisodchisi, keyinchalik bo`lim boshlig`i lavozimlarida ishlagan.

2017 – 2018 yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari.

2018 – 2019 yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari.

Hozirgi kunga qadar Jamshid Abruev O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

    Boshqa yangiliklar