Germaniyada bo`lib o`tgan 69-Berlin kinofestivalida “Oltin ayiq” mukofoti o`z egalariga topshirildi, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Marosimning bosh mukofoti “Oltin ayiq” haykalchasini esa isroillik kinorejissyor Nadav Lapidning “Sinonimlar” filmi qo`lga kiritdi. Shuningdek, ushbu film Xalqaro kinofilm federasiyasi tomonidan ham mukofot bilan taqdirlandi. Kinofestival gran-prisi esa rejissyor Fransua Ozonning real voqelikka asoslangan “Xudoning irodasi bilan” filmiga nasib etdi. Eng yaxshi ayol va erkak roli uchun mukofot xitoylik ijodkorlar Yun Mey va Van Szinchunlarga “Xayr, mening o`g`lim” kinokartinasidagi roli uchun taqdim etildi.






