AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda do`kondagi o`g`irlikni maktab o`quvchisi sodir etgani aniqlandi

'Qashqadaryoda do`kondagi o`g`irlikni maktab o`quvchisi sodir etgani aniqlandi'ning rasmi

2018 yil 6 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi N.A. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yil 16 noyabrga o`tar kechasi noma`lum shaxs uning Navobod qishlog`ida joylashgan do`koniga deraza oynasini sindirish yo`li bilan kirib, u erdan 11 300 000 so`m puli va “Samsung” rusumli mobil telefonini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navobod qishlog`ida yashovchi, 21-sonli o`rta maktabning 8-sinf o`quvchisi, S.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar