23 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida yurtimiz axborot texnologiyalar sohasidagi birinchi xalqaro trendlar, dasturiy loyihalar va global innovasion dasturiy ta`minotlariga bag`ishlangan "EPAM Insider" anjumani bo`lib o`tadi.
Anjuman mamlakatimizning AKT sohasi mutaxassislari o`rtasida hamkorlik muloqotini yaratish, o`zaro tajriba almashish platformasini shakllantirish, sohadagi xalqaro hamkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida tashkil etilmoqda.
Mazkur anjumanda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, talabalar bilan bir qatorda global tendensiyalar haqida ko`proq ma`lumot olish istagidagi fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.






