AsosiyJamiyat

Yaponiya O`zbekiston energetika sohasini rivojlantirish uchun 760 million dollar ajratdi

Yaponiya hukumati O`zbekistonning energetika sohasidagi loyihalari uchun 86,839 milliard iena (760 million dollar)lik kredit ajratdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Tegishli hujjatlar 10 noyabr kuni Toshkentda Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi o`rinbosari Kentaro Sonoura hamda O`zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri Elyor G`aniev o`rtasida imzolandi.

Mablag` «To`raqo`rg`on issiqlik elektr stansiyasi qurilishi loyihasi», «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi qurilishi loyihasi» hamda «Energetika sohasi imkoniyatlarini kuchaytirish uchun kredit» dasturlari uchun ajratilgan.

    Boshqa yangiliklar