AsosiyJamiyat

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yaponiya TIV rahbari o`rinbosari bilan uchrashdi

2014 yilning 10 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O`zbekistonga tashrif buyurgan Yaponiya Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Kentaro Sonourani qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Delegasiya dasturida Hukumatda, Tashqi ishlar hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiya va savdo vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralarni o`tkazilishi o`rin oldi.

Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston — Yaponiya munosabatlarini mustahkamlashning ustuvor yo`nalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar mufassal muhokama qilindi.

Ta`kidlab o`tilganidek, o`zaro konstruktiv aloqalarni rivojlantirishda to`plangan tajriba ikki tomonlama formatda va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, «Yaponiya + Markaziy Osiyo» mintaqalararo muloqoti doirasida samarali hamkorlikni ta`minlaydi.

Uchrashuvda turli sohalardagi manfaatli strategik hamkorlikni yanada oshirish, yuqori texnologik sarmoyaviy qo`shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni, o`zaro savdoni rivojlantirish, O`zbekiston iqtisodiyotining istiqbolli jabhalarida etakchi yapon korxonalarining ishtirokini kengaytirishga ikki tomon ham birday qiziqishi tasdiqlandi.

Muzokaralarda Yaponiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Kato Fumihiko ham ishtirok etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar