AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi "Buyuk kelajak" mavzesida bo`ldi

'Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi "Buyuk kelajak" mavzesida bo`ldi'ning rasmi

Keyingi yillarda Guliston o`z nomiga monand obod bo`lib bormoqda. Yangi uy-joylar, inshootlar, ravon yo`llar qurilmoqda.

Shaharning yangi qiyofasi “Buyuk kelajak” mavzesida yorqin namoyon bo`ladi. O`tgan yili bu erda namunali loyiha asosida 5 qavatli 8 ta uy foydalanishga topshirildi. Yana 7 qavatli, 420 xonadondan iborat 10 ta uy qurilishi davom etmoqda.

Prezidentimiz mazkur mavzega tashrif buyurib, yangi ko`p qavatli uylarni ko`zdan kechirdi.

Prezident “Sirdaryo tajribasi”ni joriy qilish loyihalarini ko`zdan kechirdi.

Shu erda yoshlarni madaniyat va sport majmualariga jalb etish, ular o`rtasida kompyuter savodxonligi va kitobxonlikni rivojlantirish bo`yicha yangi tizim taqdimoti o`tkazildi.

Unga ko`ra, Yoshlar ittifoqi, Sport, Madaniyat va Xalq ta`limi vazirliklari, Ma`naviyat targ`ibot markazi, Yozuvchilar uyushmasi tumanlardagi yoshlar bilan manzilli ishlaydi, ularning qiziqishlariga mos to`garak va muassasalarga jalb etadi. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi «O`qituvchi» brendi ostida markaziy kitob do`koni va «buk-kafe»lar tashkil etadi, shuningdek, elektron kitoblar tayyorlab tarqatadi.

- Bilim, madaniyat, fidoyilik birinchi o`rinda bo`lishi kerak. Ma`naviyat iqtisodiyotga ham asos bo`ladi. Farzandlarimizni sog`lom, bilimli, vatanparvar qilib tarbiyalash uchun hech narsani ayamaymiz. Ana shunday yoshlar bizning ertangi kunimiz, dedi Shavkat Mirziyoev.

Viloyatda ko`p qavatli uylar va sport inshootlari qurish, ichimlik suvi ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar haqida ham ma`lumot berildi.

    Boshqa yangiliklar