AsosiyJamiyat

Buxorolik ayol mahalladoshining xonadonidan 5 turdagi zargarlik buyumlarini o`g`irladi

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi ayol IIBga murojaat etib, xonadoniga noma`lum kishi bostirib kirganligini ma`lum qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Ayolning so`zlariga ko`ra, noma`lum kimsa yotoqxonadan besh turdagi zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketgan.

Murojaat asosida tergov-tezkor guruhi tomonidan tegishli choralar ko`rildi. Ko`p o`tmay gumon qilinuvchi shaxs qo`lga olindi. U jabrlanuvchining mahallasida istiqomat qiluvchi ayol bo`lib chiqdi.

    Boshqa yangiliklar