O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti Moskva shahrida yuz bergan holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi Konsullik bo`limi 2019 yil 17 fevral kuni Moskva shahrida O`zbekiston fuqarolari ishtirokidagi hodisada vafot etganlar ism-shariflariga aniqlik kiritdi:
1. Nusratov Nodirbek G`ulomqodirovich, 1989 yil 29 oktyabrda tug`ilgan;
2. Jamolitdinov Ziyodulla Ruziboy o`g`li, 1992 yil 11 mayda tug`ilgan.
Z.Jamolitdinov jasadi hech qanday hujjatga ega bo`lmagan noma`lum shaxs deya etkazilgan.
Fuqaro Nusratov Otabek (24.10.1987) jarohati tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi TIV xabarida.






